TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Amaldagi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ovozlarning akuniy hisob-kitobiga ko‘ra prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar qildi.
“Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi Ashraf G‘anini Afg‘onistondagi prezident saylovlari g‘olibi sifatida e’lon qiladi”, - deyiladi xabarda.
Yakuniy hisob kitoblarga ko‘ra, Ashraf G‘ani saylovchilarning 50,64 foizi olishga muvaffaq bo‘lgan.
Uning asosiy raqibi hisoblangan bosh vazir Abdulloh Abdulloh 39,52 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Afg‘oniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyorga saylovchilarning 3,85 foizi ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni Afg‘onistonda prpezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng mamlakat markaziy saylov kommisiyasi ovozlarni hisoblash chiqish uchun tanaffus oldi. Bu toliblarning saylov kuni amalga oshirgan terrorchilik aktlari hamda bir necha saylov uchastkalari bilan aloqaning uzilib qolgani bilan bog‘liq edi.