Yana bir nufuzli turnir koronavirusning “qurboni”ga aylandi

17-22 mart kunlari Malayziyada velosportning shosse yo‘nalishida Osiyo chempionati o‘tkazilishi belgilangan edi. Mazkur musobaqa koronavirus avj olishi tufayli sabab bekor qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. 17-22 mart kunlari Malayziyada o‘tkazilishi belgilangan velosportning shosse yo‘nalishida Osiyo chempionati koronavirus tufayli bekor qilindi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qaror Osiyo velosport konfederatsiyasi yig‘ilishida qabul qilingan.

Xavfli virus sabab boks bo‘yicha Xitoydagi turnir bekor qilindi

Xalqaro tashkilot mutasaddilari bunday vaziyatda sportchilarning sog‘lig‘i har qanday holatda ham birinchi o‘ringa olib chiqilishini ta’kidlashmoqda. Osiyo chempionatining qachon va qayerga qoldirilishi borasida yakuniy qaror yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joizki, velosport bo‘yicha O‘zbekston asosiy terma jamoasi ayni paytda Turkiyada ushbu musobaqaga tayyorgarlik olib borayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus sabab boks bo‘yicha Xitoyda o‘tadigan Tokio-2020 litsenzion turniri bekor qilingan edi.