Lola Yo‘ldosheva yana farzand kutmoqda - foto

Sevishganlar kunida xonanda instagram sahifasida "Bayramingiz muborak. Barchangizga sevgi tilayman!" izoh bilan fotosuratni joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva uchinchi farzandini kutmoqda, bu haqda u instagram sahifasida ma’lum qildi.

Sevishganlar kunida xonanda fotosuratni joylashtirdi.

"Bayramingiz muborak. Barchangizga sevgi tilayman!" deb yozgan.

Xonandaning muxlislari sharhlarda uni tabriklab, yaxshi tilaklarni yozishmoqda.

"Bolalar men bilan band, mashinada hatto eshikni o‘zim ochishimga ham ruxsat berishmaydi, massaj qilishadi, nonushta tayyorlab berishadi", - deb yozgan xonanda.