Dollar va yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Yevro kursi birdaniga 119 so‘mga pasaydi.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan  18 fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi ketma-ket uchinchi hafta pasayishda davom etmoqda. Bu hafta 10,67 so‘mga arzonlashib, 9 528,49 so‘mni tashkil qildi.

Dollar va yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi

Yevro ham bu hafta arzonlashdi. Uning rasmiy kursi 119,35 so‘mga pasayib, 10 319,35 so‘mni tashkil qildi.

Uzluksiz pasayib kelayotgan Rossiya rublida bu hafta qimmatlashish kuzatildi. Rubl 1,30 so‘mga ko‘tarilib, 150,07 co‘mni tashkil qildi.