O‘zbekistonda davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi

2020 yil 1-avgustdan boshlab ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekistonning davlat tilida markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekistonda davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi. Bu 4594-sonli qaror bilan qo‘shimcha kiritilgan prezident qarorida belgilangan.

Rossiya tovarlarni markirovka qilishda O‘zbekistonga yordam beradi

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, 2020-yil 1-avgustdan boshlab Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari (iste’mol qadoqlariga ega bo‘lmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Ta’kidlanishicha, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, 39 turdagi tovarlar 2019-yilning 1-avgustidan boshlab majburiy tartibda markirovkalananishi xabar qilingan edi.