Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi iyun oyida amalga oshiriladi - TIV

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi puxtalik bilan tayyorlash uchun keyinga qoldirilgan edi - Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi joriy yil iyun ikkinchi yarmida amalga oshiriladi, bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 

Mirziyoyev va Putin oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qilishdi
"Bu juda muhim tashrif. Barchaga ma’lumki, oliy darajadagi tashriflar avval muhokama qilinib, so‘ngra kelishiladi. RF TIV rahbari Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi davomida, ushbu tashrif hujjatlar bilan bog‘liq tayyorgarlik masalalari tufayli keyinga qoldirilishi haqida kelishilgan edi. RFga oliy darajadagi tashrifni iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshirishga kelishib olgan edik", - dedi Ne’matov.
Ta’kidlanishicha, Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida juda qizg‘in kechadi. Xususan, tashrif doirasida mintaqaviy forum, ta’lim forumi va media forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Undan tashqari Moskvadagi VDNX bog‘ida joylashgan, yaqinda ta’mirdan chiqqan "O‘zbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, dastlab O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi 2020-yil fevral oyida rejalashtirilgan edi. Yanvar o‘rtasida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning tashrifi amalga oshirilgan edi.