Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 eng ko‘p sotiladigan modelga aylandi

2020 yil yanvar oyida Qozog‘istonning avtomobil bozorida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 20 foizga oshishi bilan nishonlandi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Ravon Nexia R3 o‘zbek avtomobili Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan model bo‘ldi, deb xabar qildi "O‘zavtosanoat".

Qozog‘iston O‘zbekistonga salkam 12 mln dollarlik avtomobillar yetkazib beradi

"Yanvar oyida mamlakatda jami 449 dona mashina sotildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2020-yil yanvar oyida Qozog‘istonning avtomobil bozori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 20 foizga o‘sganligi ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2019-yil sentabr oyida Rossiyada sotuvlarni qayta yo‘lga qo‘ydi, ammo Yevropa biznesi assotsiatsiyasining (AYeB) Rossiya Federatsiyasida bir yil davomida o‘tkazilgan savdo natijalarida birorta ham o‘zbek brendining mashinasi aks ettirilgani yo‘q. O‘sha payt kompaniya top-menejerlari 2022-yilda Rossiya bozorida 7-8 ta model yetkazish rejalari haqida gapirishgan.

Ravon 2020-yilda Rossiyada 35 mingga yaqin avtomobil sotishni rejasini saqlab qolmoqda va hozirgacha ular to‘laligicha Qozog‘iston va O‘zbekistondan yetkazib beriladi.