Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

Ko‘cha yoki xonaki itlarga nisbatan Kinologiya markazlarida o‘rgatilgan itlarning fe’l-atvoriga xos jihat shuki, ular begona insonlar qo‘lidan taom yemaydi. Shu va boshqa qiziq ma’lumotlar yuzasidan Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent viloyatidagi Kinologiya markazida bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Joriy yilning 6-fevral kuni Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent viloyatida joylashgan IIB PPS va JTSB kinologiya xizmati xizmat itlari pitomnigida bo‘ldi.

Xizmat itlari pitomnigi 2001-yil aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yer viloyat IIBB Kinologiya xizmati obyekti hisoblanadi. 

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

Unda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga ko‘ra, bugungi kunda markazda 63 ta xizmat itlari tarbiyalanmoqda. Ushbu itlar yordamida o‘tgan 2019-yil davomida 2500 dan ortiq turli xildagi jinoyatlar fosh etilib, 77 kgdan ortiq giyohvand moddalari aniqlangan.

Kinolog xodimlar soni esa pitomnigda 10 ta bo‘lib, viloyat bo‘yicha ular soni 30 nafarni tashkil etadi.

O‘z kasbiga sadoqatli bo‘lgan kinolog xodimlar kun davomida ertalabdan tushlik vaqtigacha 1,5 soat, tushdan kechgacha 1,5-2 soat davomida itlar bilan mashg‘ulotlar olib borishadi.

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

Kinologiya markazi itlari albatta ko‘cha yoki xonaki itlardan parvarishi jihatidan ham farq qilishi tabiiy. Bu haqdagi savolga O‘zbekiston IIV, Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Kinologiya xizmati bosh mutaxassisi, mayor Shavkat Fayziyev shunday javob berdi:

— Xizmat itlari Italiyadan keltiriladigan maxsus ovqatlar, go‘sht hamda sosiska bilan oziqlantiriladi. Vazni katta bo‘lgan itlarga 500 grammgacha ovqat beriladi. Xizmatni a’lo darajada o‘tagan yoki mashg‘ulotlarda faolllik ko‘rsatgan itlar rag‘bat sifatida shirinlik, sosiska va go‘sht bo‘laklari bilan siylanadi. Yaqinda Respublika bo‘yicha xizmatchi itlarga belgilangan miqdor bo‘yicha pedigre-quruq ozuqasi berila boshlandi. Pedigree ovqatida barcha to‘qimli ozuqa va vitaminlar  jamlangan bo‘lib, ovqat uchun ajratiladigan xarajatlar ham bir muncha kamaygan.

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

— Shu o‘rinda kinologiya xizmatining asosiy vazifalariga qisqacha to‘xtalsak, og‘ir va o‘ta og‘ir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

— Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va o‘q-dorilarni aniqlashda ishtirok etish;

— Ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qatnashishdan iborat.

Shu sababli itlar xizmat davomida faollik ko‘rsatishi uchun nafaqat qorni to‘q bo‘lishi, balki jismonan sog‘lom va chiniqqan bo‘lishi lozim.

Buning uchun esa mashg‘ulotlardan tashqari veterinar shifokor o‘ziga biriktirilgan kinolog bilan birga itlarni har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turadi. Kasallangan yoki xizmat davomida tana a’zolari shikastlangan itlar maxsus xonaga o‘tkazilib, ularga davolash muolajalari olib boriladi.

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

O‘rgatilgan itlarning yana bir o‘ziga xos fe’l-atvori shundaki, ular ko‘chada biron bir yordamga muhtoj bo‘lgan insonni ko‘rib qolsa, o‘zi zudlik bilan mustaqil ravishda yordamga shoshadi. Ular aynan shu bo‘yicha o‘qitilgan.

Deylik, daroda cho‘kayotgan insonni ko‘rib qolishi mumkin, u o‘sha odamni suvdan chiqarib olishga yoki kuchi yetmasa harakatlari orqali biron insonni yordamga jalb qilishi mumkin. Yoki bezori shaxs biror kishining sumkasini olib qochsa, u yugurib borib yordamga muhtoj odamga yordam beradi.

Kinologiya xizmati bosh mutaxassisi Shavkat Fayziyevning aytishicha, markazida saqlanayotgan itlarning har biri bilan qiziqishiga qarab, alohida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Masalan,  portlovchi jismlarni izlovchi, o‘g‘rilikni fosh etuvchi, giyohvandlik moddalarini topuvchi hamda antiterror itlar bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

Masalan, giyohvandlik moddalarini izlashda o‘ynoqiroq va harakatchan itlar tanlanadi. Ular shu bo‘yicha o‘rgatiladi. Portlovchi jismlarni izlovchi itlarga esa aksincha, tabiatan bosiq itlar tanlanib, ularga ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Sababi, portlovchi moddani izlab topgach, itlar o‘sha joyda o‘z egasiga o‘tirish, hurish, qo‘l harakatlar ibilan belgi berib turishi, lekin portlovchi moddaga tegib, qaltis harakatlar qilmasligi lozim. Aks holda jism portlab ketishi mumkin.  

Shuningdek, iz qidiruvga jahldor, kuchli va baquvvat itlar tanlanadi. Bunday itlar bilan albatta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchini qiyinchiliksiz qo‘lga olish mumkin.

Ma’lum vaqt davomida agar itlar mashg‘ulotlarga jalb etilmasa, ular o‘z vazifasini bir oz unutib qo‘yishi yoki chalg‘ib qolishi mumkin. Shu bois jonivorlar kun davomida ikki mahal qat’iy mashg‘ulotlarda qatnashishi shart.

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

8 yoshga to‘lgach esa xizmatchi itlar maxsus komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topiladi va Ichki ishlar vazirligining maxsus buyrug‘i asosida o‘z uyida boqishi uchun kinologlarning o‘ziga bepul topshiriladi.

Yana bir qiziqarli haqiqat shundaki, xizmatchi itlar nafaqat jangovorligi bilan ajralib turadi, balki har qanday vaziyatda o‘zi bo‘ysunuvchi kinolog xodimning xavfsizligini ham sadoqat bilan ta’minlaydi.

Asosiy xususiyati uning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarligidir. Deylik, biron bir buyumni oldiga qo‘yib, ushbu o‘rgatilgan itga qo‘riqla degan buyruq berilsa, egasi 10 soat davomida ketib, qaytib kelganida ham it o‘ziga berilgan buyruqni oxirigacha bajarayotgan bo‘ladi.

Shu kabi aqlli va sadoqatli jonzotlarni parvarish qilayotgan kinologiya markazi xodimlari yaqinda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan “Namunali pitomnik”, “A’lochi kinolog” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etishib faxrli 3-o‘rinni, hamda respublika bo‘yicha o‘kazilgan “Namunali pitomnik” musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishgan.  

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida