Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

O‘tkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda. Biroq mamlakatga kirayotgan fuqarolarning ahvolini tekshirish uchun choralar qabul qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Yangi koronavirus tufayli Qozog‘istonning Mangistau viloyatidagi “Tajen” bojxona postida sanitar-karantin nazorati choralari kuchaytirildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston nashri xabar qildi.

Qozog‘iston Xitoyga koronavirus bilan kurashda yordam beradi

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston bilan chegaradagi “Temir-baba” postida ham nazorat kuchaytirilgan.

Postlar statsionar va ko‘chma teplovizorlar bilan jihozlangan. Kerakli vositalar keltirilgan. Tibbiyot xonasi, tibbiy niqoblar, maxsus tibbiy liboslar mavjud. Birinchi navbatda, teplovoz yordamida inson tanasi harorati o‘lchanadi. Agar u yuqori bo‘lsa, xodimlar yo‘riqnomaga binoan ish tutishadi.

“Temir-baba” bojxona posti rahbari Yersayin Alimbayevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda.

Ushbu chora-tadbirlar chegaradan o‘tayotgan fuqarolar va bojxonachilarning o‘zini koronavirus bilan kasallanish holatlarining oldini olishga yordam berishi hamda nazorat punktlarining bir maromda ishlashini ta’minlashi lozimligi aytilgan.