TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi mudhish YTHda to‘rt kishi qurbon bo‘ldi.
IIV xabariga ko‘ra, hodisa 12-fevral kuni sodir bo‘lgan. Fuqaro “Matiz” avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 yo‘lining 645-km.da yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ngra qarshisidan harakatlanib kelayotgan“MAN” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
“Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi A.B., yo‘lovchilari 1990 y.t. S.Mamutova, 2019 y.t. M.Q. hamda 1965 y.t. T.R.lar voqea joyida vafot etgan”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, “Matiz” avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari 1989 y.t. S.S., 2000 y.t. D.Q. hamda “MAN” yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.Tlar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.