TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Toshkent suv kanallaridan birida ayol kishining jasadi topildi, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.
“Bugun, 13-fevral kuni soat 7.40 da Chilonzor tumani “Bo‘rijar” kanalida taxminan 45-50 yoshli noma’lum ayol kishining jasadi topildi. Jasadning tanasida zo‘ravonlik izlari yo‘q. Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB va prokuratura rahbarlari yetib kelishdi”, - deyilgan xabarda.
Toshkentdagi “Bo‘rijar” kanalidan ayol kishining jasadi topildi – foto
© GUVD
Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Chilonzor tumani hududidagi “Sovplastital” korxonasi binosi ortidagi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi kanalda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola jasadi topilgandi.