TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxt yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun eng kam to‘lov miqdorlarini belgilashni rejalashtirmoqda. Bu haqida yangi e’lon qilingan qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Belgilangan narxlar yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun belgilangan eng kam narx hisoblanadi. Yer uchastka narxlari soliq hududlaridan kelib chiqqan holda belgilangan, - deyilgan qaror matnida.
Hokimlik qarori loyihasida 1 gektar yer uchun quyidagi narxlar belgilangan:
- 1-zona – 18 102 214 700 so‘m;
- 2-zona – 14 481 771 800 so‘m;
- 3-zona – 10 861 328 800 so‘m;
- 4-zona – 7 240 885 900 so‘m;
- 5-zona – 3 620 443 000 so‘m;
Markazga egn yaqin bo‘lgan 1,2,3 zonalar Olmazor, Chilonzor, Shayxontoxur va Yakkasaroy tumanlari joylashgan. Sergeli va uchtepa tumanlari 4,5 zonalarda joylashgan. Bektemir tumani – 5 hududda joylashgan. Zonalar batafsil xaritasini Uzkadastr saytida tanishish mumkin.
Qonun 27-fevralga qadar muhokamada bo‘ladi.