Tahlilchi Markaziy Osiyoda moliyaviy piramidalarga qarshi qanday kurashish kerakligini aytdi

QBF kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov Markaziy Osiyoda moliyaviy piramidalarga qarshi kurashishda nima qilish kerakligi borasida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Sputnik

QBF kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanovning fikriga ko‘ra, moliyaviy piramida faoliyatining o‘sishiga Markaziy Osiyo aholisining moliyaviy savodxonligi pastligi sabab bo‘lmoqda.

“Moliya bilan shug‘ullanuvchi har qanday qora niyatli kishilar turli yo‘llarni taklif qilishlari mumkin, oddiy kishilar esa buni tushunishmaydi”, - dedi tahlilchi Sputnik nashriga bergan intervyusida.

O‘zbekistonda yangicha “moliyaviy piramidalar” paydo bo‘lmoqda

Bogdanov ko‘pincha shunga o‘xshash firmalar moliya, valyuta bozorlari, obligatsiya bozorlarini niqob qilib olishlarini ta’kidladi. Odamlar esa barchasini haqiqiy deb o‘ylab, pullarini tikishadi.

Tahlilchi eski mijozlarga pullar yangilari hisobidan berilishi, bu moliya piramidaning asosiy belgisi ekanini qayd etdi. Shuningdek, firibgarlarni mamlakatda moliyaviy operatsiyalarni nazorat qiluvchi idoradan litsenziyasi mavjud emasligi ajratib turadi.

“Firmaning hisoboti va boshqa jihatlarini tekshirish lozim. Bozorda operatsiyalar bilan shug‘ullanish uchun har holda qandaydir moliyaviy savodxonlik bo‘lishi darkor”, - dedi mutaxassis.

“Kafolatlangan daromad keltirishni faqat bank yoki yuqori reytingga ega obligatsiyalar taqdim etishi mumkin. Agar biror kishi sizga aksiya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha kafolat bersa, siz ushbu tashkilotdan yuz o‘girib ketishingiz kerak. Chunki aniq sizni aldashmoqda”,  - deya xulosa qildi Bogdanov.