TOShKENT, 13 fev – Sputnik. RT Arabic va Kurdistan24 telekanallari va SANA agentligi tomonidanamerika askarlari va Suriya sharqiy qismidagi Qamishli shahri yaqinida yashovchi aholi o‘rtasida yuz bergan mojaro videosi ommaga e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Qamishli shahri yaqinidagi blokpostlarning birida hukumat qo‘shinlari bo‘linmalari ketayotgan marshrutidan ajralib qolgan amerika harbiylari kolonnasini to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng AQSh harbiy xizmatchilari va mahalliy aholi o‘rtasida mojaro yuz bergan, natijada amerika askarlari aholiga qarata o‘t ochgan. Hodisa oqibatida 14 yoshli o‘smir bola halok bo‘lgan, yana bir fuqaro jarohatlar olgan. Ushbu to‘qnashuv rossiyalik harbiylar aralashuvi tufayli to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan.
Kurdistan24 telekanali e’lon qilgan videoda hodisa joyini tark etayotgan amerika askarlari kolonnasi mahalliy aholi toshbo‘ron qilinayotgani aks etgan.
Tasvirda broneviklardan biri Molotov kokteyli bilan zararlangani izlari aks etgan. Shuningdek, kadrlarda, issiqlik qopqonlarini o‘qqa tutayotgan AQSh HHKga tegishliligi taxmin qilinayotgan samolyotni ko‘rish mumkin.
SANA agentligi e’lon qilgan videoda esa qo‘lida amerika bayrog‘ini g‘ijimlab olgan mahalliy aholi va uch nafar amerika askari o‘rtasida ro‘y bergan og‘zaki janjal aks ettirilgan.
Yana bir rolikda hodisa joyiga yetib kelgan bir nechta rossiya harbiylariga tegishli zirhlangan avtomobillarni ko‘rish mumkin.