Rossiya IIV "Meduza", Ozodlik radiosi va BBC faoliyatini tekshirmoqda

Bu haqda jurnalistlarga Rossiya IIV narkotiklarga qarshi kurashish bosh boshqarmasi rahbari Andrey Xrapov xabar qilgan
Sputnik

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. RF IIV internetdagi barcha materiallarni, shu jumladan, yirik uchta xorijiy OAV materiallarini ham axborot xabarlarida narkotiklarni iste’mol qilishga tashviqot bor-yo‘qligiga tekshirmoqda.

Toshkentda yana bir narko-apteka aniqlandi

Bu haqda jurnalistlarga Rossiya IIV narkotiklarga qarshi kurashish bosh boshqarmasi rahbari Andrey Xrapov xabar qildi.

"Barcha materiallar narkotik iste’mol qilish bo‘yicha tashviqotlar va narkotiklarning noqonuniy savdosiga aralashuv holati bo‘yicha tekshirilmoqda. Biz barchasini tekshirmoqdamiz, shu jumladan u (OAV)larni ham", -deb aytgan Xrapov, jurnalistlarning IIV haqiqatan ham "Meduza", Ozodlik radiosi va BBC faoliyatini tekshirmoqdami, degan savolga javob berar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda Roskomnadzor IIV materiallari bo‘yicha 22 mingta internet resurslarga kirishni bloklagan.

Sal oldin RF Davlat dumasining RF ichki ishlariga aralashuv faktlari bo‘yicha surishtiruv komissiyasi rahbari Vasiliy Peskarev "Meduza", Ozodlik radiosi va VVS Rossiyada narkotiklarni legallashtirish g‘oyasini shakllantirishda yordam berayotgani haqida bayonot qilgan.