TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jalishi vazirligi huzuridagi uchumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori Otabek Mustafayev YeOII va JSTga integratsion jarayonlarging O‘zbekiston iqtisodiga ta’siri haqidag gapirdi.
Eslatib o‘tamiz ayni damda Moskvada "Prodekspo-2020" oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ham ushbu ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.
Otabek Mustafayev aytishiga qaraganda integratsion jarayonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun umumiy hisobda ijobiy bo‘ladi, lekin bu ishning bir necha o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish kerak.
“YeOIIga qo‘shilish masalalasiga kelsak, ayni damda O‘zbekistonda bu borada ekspert guruhi tashkil qilingan. Ular ushbu ishning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini hisoblab chiqishmoqda. Menimcha, O‘zbekiston vinochilik va umuman qishloq xo‘jaligi sanoati bunday integratsiyadan yutib chiqadi.
“Bizda iqlim sharoitlari ekologik toza, raqobatbardosh meva-sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi. Uzumchilik borasida gap ketganda, Respublikada vino uchun xom-ashyo yetishtirish mumkin bo‘lgan hududlar juda ko‘p. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqiga kirish, O‘zbekiston mahsulotlari uchun bir qator texnik, ma’muriy va tarif to‘siqlarini olib tashlab, 150 millionlik bozorga yo‘l ochib bergan bo‘lardi", - deydi mutaxassis.
JSTga qo‘shilish esa, mahsulot sifatini jahon standartlariga mos ravishda ko‘tarishni, sifati past xom-ashyo sotib olishga chek qo‘yishni talab qiladi.
“Bu yerda faqat tariflar bilan ish bitmaydi. Sifat standartlarini umumevropa yoki umumjahon darajasigacha ko‘tarish talab etiladi. Lekin shu bilan birga sifati past mahsulotlardan himoya olamiz va o‘z mahsulotimiz bilan Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga imkon paydo bo‘ladi”, - deydi Mustafayev.
Mutaxassis bilan bo‘lgan suhbatni batafsil quyidagi podkastda tinglang.