AQSh qirg‘oqlari yaqinida odamxo‘r-akulalarning sirli to‘planishi olimlarni tashvishga soldi

Amerika qo‘shma shtatlari qirg‘oqlari yaqinida odamlarga hujum qilish bilan tanilgan dengiz yirtqichlar guruhi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. AQSh Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlar sohili yaqinida oq akulalarining to‘lanishi okeanshunoslarni tashvishga soldi. 

Oq akulalar hayotini o‘rganuvchi olimlar, kuzatuv datchiklari yordamida dengiz yirtqichlarining to‘planishini aniqladi.

Ocearch notijorat tashkilot vakillari ijtimoyi tarmoqda tegishli ma’lumotlarn e’lon qildi. Suratlarda oq akulalar guruhi qayerda joylashgani aniq ko‘ringan.

Odamxo‘r-akulalar guruhi yanvar oyi yakunida ko‘ringandi. Ular orasida uzunligi to‘rt metrga yetadigan akulalar ham bor. Olimlar akulalarniing bunday uyushgan guruh bo‘lib suzishga nima undagan bo‘lishi mumkin, degan savol qiziqish uyg‘otgan.

Ocearch ma’lumotlariga ko‘ra, kuzatuv suratlarda barcha chiplangan akulalar qayd etilmagan, ularning soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Akula harakatlanish xaritalariga qaraganda, ayni damda eng ko‘p akulalar to‘planishi Florida va Meksika ko‘rfazi yaqinida ko‘rish mumkin. Newsobserver.com yozishicha, olimlar bu anomaliya haqida tashvishga soldi.

"Sizningcha, bu joylarda oq akulalar to‘planishiga nima sabab bo‘ldi?" - tadqiqotchilar akulalar joylashuvi ko‘rsatilgan xaritani ko‘rsatib savol berishdi. Olimlarning fikriga ko‘ra, akulalar bu yerga oziq-ovqat izlab kelishgan bo‘lishi mumkin, ammo ularni boshqa joyga olib kelishi ham edi.

Katta oq akula - dunyodagi eng katta yirtqich baliqlardan biri bo‘lib, o‘rtacha, bu tur akulalar uzunligi 4,7 metrga yetadi. Ular odamlar uchun eng xavfli akulalar turi hisoblanadi.