15 yil ichida ilk bor: “Uzbekistan Airways” xodimlari yangi formada ish boshlaydi

Samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15-yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. “Uzbekistan Airways” kompaniyasi 2020-yil 14- fevraldan boshlab yo‘lovchilar diqqatiga uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etadi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15-yil ichida birinchi marta sodir bo‘lgan. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir.

15 yil ichida ilk bor: “Uzbekistan Airways” xodimlari yangi formada ish boshlaydi

Ta’kidlanishicha, mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan.

15 yil ichida ilk bor: “Uzbekistan Airways” xodimlari yangi formada ish boshlaydi

Ma’lum qilinishicha, loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishgan. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning “Dress Best Uniforms” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Ular Turkish Airlines (partial), Fly Dubai, Albaniya Airlines, Flyas aviakompaniyalari bilan ish olib borishgan.

15 yil ichida ilk bor: “Uzbekistan Airways” xodimlari yangi formada ish boshlaydi