O‘zbekistonda beshta yangi aviakompaniya tashkil etiladi

Yangi aviakompaniyalar mavjud yo‘nalishlarda parvozlar sonini ko‘paytirish va yangi yo‘nalishlarni ochish imkonini beradi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. O‘zbekistonda beshta yangi aviakompaniya tashkil etiladi, deyiladi 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida.

"O‘zbekiston transport vazirligi, Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa bir qator idoralarga joriy yilning 1-apreliga qadar beshta yangi aviakompaniyalar tashkil etish topshirildi. Bu mavjud yo‘nalishlarda parvozlar sonini ko‘paytirish va yangi yo‘nalishlarni ochish imkonini beradi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda yangi mustaqil aviakompaniya tashkil etiladi

Shuningdek, O‘zbekiston aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan reyslarning umumiy soni 2800ga oshirilishi va respublikaning har bir xalqaro aeroportida “ochiq osmon” rejimida o‘ntadan yangi xalqaro reyslarni ochish topshirig‘i berilgan.

Bularning barchasi 2021-yil yozi boshlanishigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, rejaga fuqarolari uchun O‘zbekiston bilan vizasiz rejim joriy etiladigan chet el mamlakatlari sonini ko‘paytirish ham kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Belorusiyaning Belavia aviakompaniyasi 2020-yilda Toshkentga muntazam reys ochishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda aviakompaniya parkida 30 ta samolyot mavjud (yetti dona Boeing 737-800, olti dona Boeing 737-500, besh dona Boeing 737-300, to‘rt dona Embraer -175, olti dona Embraer -195, ikki dona CRJ -200).