O‘zbekiston MOQga bosh kotib saylandi

Oybek Qosimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining bosh kotibi lavozimiga saylandi. Uning nomzodini MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ilgari surdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Oybek Qosimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining bosh kotibi lavozimiga saylandi. Qaror MOQ navbatdan tashqari XXXVI Bosh assambleyasida qabul qilindi.

Qosimov nomzodini MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ilgari surdi. Ishtirokchilar bir ovozdan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi.

“Ko‘rib turibman, bu joyda begona inson yo‘q. Barchamiz Rio Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida yelkama-yelka ishlagan edik. Bungacha 2-yil vazirlikda sportimiz rivoji yo‘lida qo‘ldan kelgancha ishladim. Bu joy men uchun begona emas. Aminmanki, davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi va yordami bilan Tokio-2020 Olimpiadasidan xalqimiz va muhtaram Prezidentimizni xursand qilgan hoda yuzimiz yorug‘ bo‘lib qaytamiz”, – dedi so‘zga chiqqan Oybek Qosimov.

Oybek Omilovich Qosimov 1980-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida “Paxtakor” futbol klubi, Toshkent shahar futbol federatsiyasi, MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Rio Olimpiadasidan so‘ng ko‘rsatgan xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.