O‘zbekiston Xitoyga 40 tonnalik insonparvarlik yordamini yubormoqda

Sputnik

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi: bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar; himoya qiluvchi kombinezon; yuz uchun filtrlovchi niqob; maxsus tibbiy forma; tibbiy niqoblar; tibbiy doka.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi respublika to‘qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta’minlaydi.

1 / 10
Favqulodda vaziyatlar vazirligi gumanitar yukni Xitoyga maxsus samolyotda yetkazish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
2 / 10
Gumanitar yordam asosan bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezon, yuz uchun filtrlovchi niqob, maxsus tibbiy forma, tibbiy niqoblar va boshqalardan iborat.
3 / 10
Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilangan.
4 / 10
Favqulodda vaziyatlar vazirligi gumanitar yukni Xitoyga maxsus samolyotda yetkazish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
5 / 10
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh Kitayu
6 / 10
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan kasallanganlar soni 42638 nafarni tashkil qiladi, 1016 inson halok bo‘lgan.
7 / 10
Favqulodda vaziyatlar vazirligi gumanitar yukni Xitoyga maxsus samolyotda yetkazish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
8 / 10
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda
9 / 10
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Xitoy mamlakatning yirik savdo hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. “Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasiga har taraflama amaliy yordam berishga tayyormiz”, - dedi Axatov.
10 / 10
Shuningdek, respublikada gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu sababli mamlakatdagi tekstil korxonalari Xitoyga yuborilishi rejalashtirilayotgan tibbiyot niqoblari va himoya kostumlarini tayyorlamoqda.