TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Yaponiyalik 112 yoshli otaxon Titetsu Vatanabe dunyoda eng keksa kishi sifatida Ginness rekordlar kitobi guvohnomasini oldi.
Otaxonga faxrli guvohnoma Niigate shahridagi qariyalar uyida topshirildi.
Vatanabe 1907-yil 5-martda tug‘ilgan. 20 yoshida Tayvanga ko‘chib o‘tgan, u yerda 18-yil yashagan.
Undan oldin uzoq umr ko‘rgan kishi Xakkaydo orolida istiqomat qilgan Masadzo Nonaka bo‘lgandi. U 2019-yil 20-yanvarda 113 yoshida vafot etdi.
Yaponiyada 80 yoshdan oshgan odamlar soni ilk bor 2015-yilda 10 million kishidan oshdi.