Toshkentda faxriylarga “G‘alabaning 75-yilligi” medallari topshirildi

Rossiya diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i faxriylarga murojaat qilib, “ularning jasorati – jang qilganlarning ham, front ortida ishlaganlarning ham, ko‘plab avlodlar uchun tinch va munosib hayotni belgilaganini” ta’kidladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev Toshkentda istiqomat qiluvchi Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va mehnat fronti zahmatkashlari - Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga G‘alabaning 75-yilligi sharafiga chiqarilgan yubiley medallarni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining konsullik bo‘limi xabar qildi.

Medallar Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan topshirildi. Ularni Valentina Pavlovna Deleva, Svetlana Petrovna Malseva va Anna Sergeyevna Kikteva qabul qilishdi.

Faxriylarga murojaat qilib, Turdenev “ ularning jasorati – jang qilganlarning ham, front ortida ishlaganlarning ham, ko‘plab avlodlar uchun tinch va munosib hayotni belgilaganini” ta’kidladi.

“Sizning jasoratingiz bizga qurish va jasurlik bilan olg‘a borishga imkoniyat berdi!” - dedi Rossiya diplomatik vakolatxonasi rahbari.

O‘zbekistonda mingga yaqin urush faxriylari va 40 mingdan ortiq mehnat fronti ishchilari yashaydi. Ulug‘ Vatan urushida 1,4 milliondan ortiq O‘zbekiston aholisi qatnashgan, ulardan 400 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 130 ming kishi bedarak yo‘qolgan.