Poytaxt YPX xodimlariga yangi forma berildi – foto

Toshkent shahrida IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX xodimlarining yangi formasi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Toshkentda YPX xodimlariga sinov tariqasida yangi forma kiyimlari topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, shahar aholisi va blogerlar yangi forma haqida o‘z fikrlarini bildirishgan. Ularning fikriga ko‘ra, libos qulay va shinam. Sifat bo‘yicha Milliy gvardiyanikidan qolishmaydi.

Poytaxt YPX xodimlariga yangi forma berildi – foto

Xodimlarga sinov uchun yuz ekzemplyardan ikki turdagi forma kiyimlari tarqatilgan.