O‘zbekiston yangi vertolotlar sotib olishni rejalashtirmoqda

Aviatashuvlar yo‘nalishida yangi xizmatlarni rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Helicopters kompaniyasi yangi vertolotlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tadbir o‘tkazish sanasi ma’lum qilindi.  Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

O‘zbekistonda beshta yangi aviakompaniya tashkil etiladi

UAALF-2020 anjumani 19 va 20-fevral kunlari Toshkentda dunyoning yetakchi aviatashuvchilari, havo transporti sohasidagi mutaxassislarni to‘playdi.

Transport vaziri Elor G‘aniyev mahalliy yo‘nalishdagi parvozlarni rivojlantirish uchun yangi Humo Air kompaniyasi tashkil etilgan. Aviakompaniya zarur texnika bilan ta’minlash maqsadida qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, aviatashuvlar yo‘nalishida yangi xizmatlarni rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Helicopters kompaniyasi takomillashtiriladi.

“Turizm sohasini rivojlantirish, biznes xizmatlarini ko‘rsatish - tog‘li hududlarda joylashgan diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil qilish maqsadida yangi g‘arb vertolotlari sotib olish rejalari mavjud”, - G‘aniyev.