Germaniyalik hamshira rus va nemis vrachlarining farqini aytdi

Rossiyalik shifokorlar stetoskop va barmoqlar bilan diagnoz qo‘yishni yaxshi biladi, Germaniyada esa - vrachlar laboratoriya va kompyuter diagnostikasi natijalariga ishonadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Nijniy Novgorod shahri shifoxonasida ishlagan germaniyalik hamshira Mariya Gerlis rus va nemis shifokorlari bir-biridan nima bilan farq qilishini aytib berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Gerlis aytishiga qaraganda, rossiyalik shifokorlar ana’anaviy uslublar bilan tashxis qo‘yish borasida juda yaxshi tajribaga ega, lekin bemor bilan muloqot qilishda germaniyalik hamkasabalariga “yutqazadi”.

“Rossiyalik shifokorlar bemorni stetoskop yordamda tinglash yoki barmoqlar bilan bosib ko‘rib diagnoz qo‘yishni juda yaxshi o‘rganishgan. Bu ishni ular germaniyalik hamkasabalardan ko‘ra  yaxshiroq uddalashadi. Balkim bu Rossiyada zamonaviy tashhis qo‘yish uskunalarining qimmatligi bilan bog‘liqdir”, - deydi hamshira.

Germaniyada esa vrachlar laboratoriya izlanishlari hamda kompyuter diagnostikasi natijalariga ko‘proq asoslanadi.

Shu bilan birga rossiyalik shifokorlar bemorlarga davolash uslublari yoki dori vositalari haqida batafsil ma’lumot berishmaydi va xushmuomalalikda nemislarga boy berishadi, deydi Gerlis.

Hamshira aytishiga qaraganda, ishlashni boshlaganida bemorlar uni jiddiy qabul qilishmagani tufayli ayrim “juda xushmuomala” iboralardan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Mariya Gerlis rossiyalda tug‘ilib 6 yoshligida Germaniyaga ko‘chib ketgan. So‘nggi yil davomida u tajriba almashish dasturi asosida  bir necha oy Nijniy Novgorod shifoxonasida ishlagan.