Yonib kul bo‘lgan uylar va vayronalar: ommaviy janjaldan so‘ng qozoq qishlog‘ining ahvoli

Qozog‘iston hukumati vayron bo‘lgan uylarni ta’mirlash, yetkazilgan ziyonni qoplash va hujjatlarni tiklashga yordam berishga va’da berdi.
Sputnik

Ommaviy tartibsizliklar bo‘lgan Masanchi qishlog‘i hayotga qaytmoqda. Qozog‘istonliklar vatanlarida achinarli ahvolni ko‘rishdi: vayron va kul bo‘lgan uy va avtomashinalar, huvillab qolgan ko‘chalar.

Qaytgan aholi bog‘cha va masjid binolariga vaqtincha joylashtirildi.

Bir necha shaharlarda gumanitar yordam to‘plash ishlari boshlangan. Befarq bo‘lmagan fuqarolar issiq kiyim, ko‘rpa-to‘shak yig‘ishmoqda.

Qishloqda vaziyat barqarorlashgan, biroq Masanchi qishlog‘i ko‘chalarida politsiya, harbiylar va kuchishlatar bo‘linma xodimlari patrullik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi. O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi.