Soxta 20 ming dollarni sotmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Maxsus xizmat O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari a’zo bo‘lgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Namangan shahrida yonida 20 ming soxta dollar bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan.

Bishkekda o‘zbekistonlik qalbaki qirg‘iz pasporti bilan qo‘lga olindi

Maxsus xizmat O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari a’zo bo‘lgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi. Ular qalbaki pullarni noqonuniy aylanuv kanalini yo‘lga qo‘yishgan.

Qirg‘izistonlik qalbaki 20 ming AQSh dollarini sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

Ta’kidlanishicha, tergov ishi davom etmoqda.