Koronavirusning yashirin davri 24 kungacha bo‘lishi mumkin  - OAV

Shu vaqtga qadar koronavirusning inkubatsion davri 14 kungacha bo‘lishi mumkin deb xabar qilingan edi, lekin alohida holatlarda u 24 kungacha bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Alohida holatlarda koronavirusning inkubatsion muddati 24 kungacha bo‘lishi mumkin deb xabar qilmoqda RIA Novosti Xitoyning "Xunsin Sinven” nashriga asosan.

Oldin shifokorlar ushbu kasallikning yashirin (inkubatsion) muddati 2 haftagacha bo‘lishi mumkinligini xabar qilishgan edi.

Xitoylik olimlarning eng so‘nngi xulosasiga ko‘ra, o‘rtacha inkubatsion muddat – 3 kun, eng uzoq inkubatsion muddat - 24 kun bo‘lishi mumkin. Hozircha bunday muddat faqat bir kishida aniqlangan.

Ushbu ma’lumotlar Xitoyning 31 viloyatida 1099 nafar holatlarni o‘rganish natijasida qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarm soni 40,5 ming kishiga yetdi, vafot etganlar soni ming kishidan ortdi. Tuzalib ketganlar soni – 3 ming kishiga yaqinlashdi. Ayni damda virus dunyoning 26ta mamlakatida aniqlangan. JST xalqaro favqulodda vaziyat e’lon qilgan.