Kobuldagi universitet yonidagi portlash: qurbonlar va so‘nggi ma’lumotlar

Afg‘oniston poytaxtidagi marshal Fahim nomidagi Milliy mudofaa universiteti yaqinida portlash sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. Kobuldagi marshal Fahim nomidagi  Milliy mudofaa universiteti yaqinidagi portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jarohatlandi.

Afg‘onistonda lazer qurollari uchun javobgar bo‘lgan jangari yo‘q qilindi

Bu haqda TOLOnews xmamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiyga tayangan holda xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashni xudkush uyushtirgan bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, 1TV kanali uch afg‘on askari va ikki tinch fuqaro halok bo‘lgani ma’lumot tarqatdi. 11 nafar jabrlanganlar orasida kamida bir nafar fuqaro ham bor.

Voqeaning boshqa tafsilotlari aniqlanmoqda.