Dollar kursi ikki haftadan buyon tushib bormoqda

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi 2,58 so‘mga pasaydi
Sputnik

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan  11 fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi ikki haftadan buyon tushib bormoqda

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2,58 so‘mga pasayib, 9 539,19 so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan hafta qimmatlashgan yevro 145,95 so‘mga arzonlashdi va 10 438 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ketma-ket pasayishda davom etmoqda. Bu hafta ham 0,43 so‘mga pasaydi va 148,77 co‘mni tashkil qildi.