O‘quvchining tirnoqlari uzilib tushishiga sabab bo‘lgan o‘qituvchiga “hayfsan” berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchining ehtiyotsizligi bilan o‘quvchining tirnog‘i uzilib tushganligi aks etgan fotosuratlar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Bir oz avval ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchining ehtiyotsizligi bilan o‘quvchining tirnog‘i uzilib tushganligi aks etgan fotosuratlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi xabariga asosan.

Namanganda o‘zini daroga tashlagan ayolni qutqargan Milliy gvardiya xodimi qidirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan suratlar bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 21-yanvar kuni Samarqandda sodir bo‘lgan.

16-umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi hamda ayni paytda maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari K.U. 8-“G” sinfda dars mashg‘uloti o‘tayotgan bo‘lgan.

O‘quvchilar D.Sh. va E.Sh.lar o‘zaro tortishib, o‘qituvchi  ularni tinchlantirishga uringan va E.Sh.ni sinfxonadan tashqariga chiqargan.

Ularning ortidan D.Sh. ham ergashib, sinfxonadan chiqmoqchi bo‘lganida o‘qituvchi K.U. o‘quvchidan sinfdan chiqmaslikni talab qilgan va jahl ustida eshikni qattiq yopgan. Natijada eshikdan qo‘lini olib ulgurmagan o‘quvchi D.Sh.ning o‘ng qo‘l o‘rta va nomsiz barmoqlari qattiq shikastlangan.

Shu paytning o‘zida o‘qituvchi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.B.o‘quvchini shifoxonaga olib borgan va uning onasiga xabar bergan.

Ayol o‘z uyini bolta va prezident surati bilan himoya qildi – video

Ammo sodir bo‘lgan holat yuzasidan maktab rahbariyati 21-yanvar va undan keyingi kunlar davomida shahar xalq ta’limi bo‘limiga ham, huquq-tartibot organlariga ham xabar bermagan.

O‘qituvchi o‘quvchining olgan jarohatlarini davolash xarajatlari va uning yaqinlari ko‘rgan zararni qoplashga va’da bergan. 3-4 kun davomida xarajatlarni to‘lab, o‘quvchining uyiga oziq-ovqat mahsulotlarini olib borib turgan. Biroq keyinchalik oilaviy ahvoli tufayli yordam bera olmagan.

Hodisa yuzasidan XTV tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, jabrlanuvchining onasi bilan suhbatlashilgan, oziq-ovqat va  moddiy yordam berilgan.

O‘qituvchi esa keyingi xarajatlarni ham to‘lashni o‘z zimmasiga olgan. Ayni damda o‘quvchining ahvoli yaxshilanmoqda.

Lekin  o‘quvchi bilan munosabatlarda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan o‘qituvchiga shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri buyrug‘i va Mehnat Kodeksining 181-moddasiga muvofiq, “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.