Qirg‘izistonda terrorchilik tashkiloti yollovchisi qo‘lga olindi

Sotrudniki spespodrazdeleniya MVD Kirgizstana
Qo‘lga olingan shaxs qirg‘izistonliklar va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining fuqarolarnini Suriyaga hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun jo‘natishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari xalqaro terrorchilik tashkiloti yollovchisini qo‘lga olishdi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

KNB Respubliki Kazaxstan v gorodax Karaganda i Taraz zaderjalo terroristicheskuyu gruppu
Qozog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilingan to‘da qo‘lga olindi

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan 1985-yilda tug‘ilgan A.A. qirg‘izistonliklar va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining fuqarolarnini Suriyaga hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun jo‘natishga aloqadordir.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston JKning “Yollanish” moddasi bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda gumonlanuvchi hibsda saqlanmoqda.