Yaponiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish rejimini kuchaytirmoqchi

Yaponiya hukumati o‘zbekistonliklarga viza berishdan oldin tekshirishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Viza berishdan oldin test sinovlari joriy etilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Yaponiya hukumati o‘zbekistonliklarga viza berishdan oldin tekshirishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xabariga asosan.

Mirziyoyev Yaponiya gigant-kompaniyalarini O‘zbekistonga taklif etdi

Ta’kidlanishicha, bu haqda Yaponiyaning Iqtisodiyot gazetasi maqola tayyorladi. Ushbu masala bo‘yicha qaror shu yilning aprel oyida qabul qilinishi mumkin. Ular birinchi navbatda talabalar uchun vizalar berishdan oldin kengaytirilgan testlarni joriy etishmoqchi.

Shuningdek, boshqa 80 mamlakat fuqarolari vizalar berishdan oldin ularning fuqarolari jadal tekshiriladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Ro‘yxat mamlakatning iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda tuzilgan.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanovning aytilishicha, bunga Yaponiyaga talabalik maqsadida kelib o‘zni ishga urgan va noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanganlarning ko‘payib ketgani sabab bo‘lmoqda.

Ushbu masala yuzasidan Assotsiatsiyaning vakili: “O‘z shaxsiy manfaatingizni davlatning (ko‘pning) manfaatidan yuqori qo‘ymang. Sizning xatoyingiz butun boshli davlatga ta’sir ko‘rsatadi”, — deya ta’kidladi.