O‘zbekistonda salkam 27 ming oila yarashtirildi

"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ma’lum qilishicha, 2019-yilda O‘zbekistonda 26 906 ta oila yarashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2019-yilda O‘zbekistonda 26 906 ta oila yarashtirilgan, 52 700 tadan ortiq yolg‘iz onalikning oldi olingan.

O‘zbekiston aholisi: tug‘ilganlar, migratsiya, nikoh va ajrashganlar soni

Qayd etilishicha, 2018-2019 yillar davomida 52 700 dan ortiq yolg‘iz onalikning oldi olingan. 77 782 ta bola ota-ona mehri bilan to‘liq ta’minlangan.

Yarim yetimlikdan saqlab qolingan bolalar soni 41323 ta, FHDYo va Suddan arizasini qaytarib olganlar soni 1472 tani tashkil etgan.

Bundan avvalroq, FHDYo organlarining nikohi bekor qilingan holatlar bo‘yicha 2019-yil statistikasida ajralishlar soni 23000 ga yetganligi, shu davrning o‘zida 195 mingta nikoh qayd etilgani haqida ma’lum qilgandik.