Namanganda o‘zini daroga tashlagan ayolni qutqargan Milliy gvardiya xodimi qidirilmoqda

Milliy gvardiya xodimi ayolni kuchli oqim domidan olib chiqib, qirg‘oqdagi sherigiga topshirgan. Ammo qish faslidagi suv haroratidan tomirlari tortishib qolishi natijasida daroning kuchli oqimi uning o‘zini olib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Namanganda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni qutqargan Milliy gvardiya xodimi qidirilmoqda

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 10-fevral kuni sodir bo‘lgan.  Namanganning Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Norin darosi ko‘prigida xizmat faoliyatini olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimi A.Abdulvohidov daroda cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qolgan va zudlik bilan yordamga shoshgan.

Qarshida bir necha kun ichida ikki kishi o‘z joniga qasd qilishga uringan

Ayol ayni damda ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi, 1994-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan N.O. bo‘lgan. Aniqlanishicha, u suitsidga qo‘lga urgan va o‘zini daroga tashlagan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda xizmatda bo‘lgan xodim ayolni kuchli oqim domidan olib chiqib, qirg‘oqdagi sherigiga topshirgan. Ammo qish faslidagi suv haroratidan tomirlari tortishib qolishi natijasida, daroning kuchli oqimi uni olib ketgan.

Qutqarilgan ayol zudlik bilan shifoxonaga yetkazilib, hozirda holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ammo o‘z qasamodiga sodiq holda xizmatga shay bo‘lgan, bir insonning hayotini saqlab qolgan xodimning o‘zidan hozirgacha darak bo‘lmayapti.

Ayni paytda xaloskor xodimni qidiruv - qutqaruv ishlari olib borilmoqda.