Mojarodan so‘ng 24 mingdan ortiq qozog‘istonliklar Qirg‘izistonga ketdi

Korday tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 24 mingdan ortiq aholi chegara nazorat o‘tish joylari orqali Qirg‘iziston hududiga o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Korday tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 24 mingdan ortiq aholi chegara nazorat o‘tish joylari orqali Qirg‘iziston hududiga o‘tdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Tokayev hokim va politsiya boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi

“Bugun Auxatti, Qorasu o‘tish punktlarida bo‘ldik. Chegaradan o‘tish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston tomon 24 ming kishi o‘tdi. Kechadan beri oqsoqollar, ayollar va yoshlar qaytmoqda”, - dedi Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Saparbayev.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonga o‘tgan 4 mingdan ortiq qozog‘istonliklar uylariga qaytishdi.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv boshlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi.

O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. Voqea joyida hukumat komissiyasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.