Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar sababi aytildi

Shanbaga o‘tar kechasi Jambil viloyatining Korday tumanida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Buning oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Prezidentning aralashishiga to‘g‘ri keldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Jambil viloyatining Korday tumanidagi ommaviy tartibsizliklar mahalliy aholining yo‘ldagi mojarosidan boshlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

“Beshinchi fevral kuni yo‘l mojarosi ro‘y bergan. Uch kishi avtomobilda to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan bo‘lgan, yana uch kishi shu vaqt uydan yo‘lga chiqqan. Mojaro – kim kimga yo‘l bermadi. Natijada odatda bo‘lgani singari o‘sha joyning o‘zida og‘zaki gapdan qo‘l ko‘tarishga aylanib ketgan”, - deya ma’lum qilgan Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Kalaychidi

Qozog‘iston janubidagi ommaviy tartibsizliklar – mojaro qanday kelib chiqdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgani tufayli kattalashib ketgan. Hozirda huquq-tartibot xodimlari ig‘vogarlarni qidirmoqda. Ular orasida nafaqat yoshlar, balki keksa yoshdagilar ham bo‘lgan.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ular mojaro joyiga yaqin ham bo‘lishmagan. Ular o‘zlarining qandaydir o‘ylari bilan buni ijtimoiy tarmoqda yoritish zarur deb hisoblashgan.

“Biroq ularning postlari mana shunday ta’sir ko‘rsatdi”, - deya aniqlik kiritgan Aleksey Kalaychidi.

Qozog‘iston SSVning tasdiqlangan ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan, 165 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. 50 kishi (10 kishi Qirg‘izistonda) kasalxonaga yotqizilgan, 8 kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston janubida ommaviy mushtlashuv yuz bergani xabar qilingan edi.