Tailandda 26 kishini o‘ldirgan harbiy xizmatchi otib tashlandi

Harbiy xizmatchi Tailand shimoliy-sharqida odamlarga qarata o‘t ochdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, hujum oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, 57 kishi jarohatlangan. Uning o‘zi maxsus amaliyot davomida otib o‘ldirildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Tailand politsiyasi Nakxonratchasima shahrida odamlarni o‘qqa tutgan harbiy xizmatini otib o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy The Bangkok Times nashri xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, jinoyatchi Terminal 21 savdo markazida o‘ldirilgan. U yerda huquq-tartibot xodimlaridan 17 soatdan ziyod yashiringan edi.

Milliy politsiya boshlig‘i Pol Gen Chaktip Chayinda o‘t ochgan harbiy xizmatchining yo‘q qilinganini tasdiqlagan.

​Jinoyatchining shaxsi aniqlagan – u Suratxampitxak harbiy lageridagi 32 yoshli kichik zobit Jakrapant Tomma.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda,  hujum oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, 57 kishi jarohatlangan,  ulardan 45 nafariga kasalxonadan ruxsat berilgan.

Keyinchalik Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha harbiy xizmatchining bu ishga qo‘l urishiga maishiy mojara sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

“Sabab? Jinoyachi va uning xizmatdoshi o‘rtasidagi uy sotilishi tufayli maishiy mojaro sabab bo‘lgan”, - deya ma’lum qilgan bosh vazir. U quruqlikdagi qo‘shin qo‘mondonligi mojaro tafsilotlarini o‘rganinishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiy xizmatchi Tailand shimoliy-sharqida odamlarga qarata o‘t ochgani va ko‘plab kishilarda garovda ushlab turgani xabar qilingan edi.