Saudiya Arabistoni kompaniyasi shamol elektr stansiyalarini quradi

Uchrashuvda DXSh asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtiroki yuzasidan rejalar ham bildirildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Moliya vazirligida ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi boshqaruv raisi Muhammad Abunayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilda qariyb 1300 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan

Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida xorijlik hamkor O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy, sarmoyaviy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini, shuningdek, Saudiya Arabistoni kompaniyalarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy aloqalar mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Xususan, 2019-yilning 26-sentabrida oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi va ACWA Power tomonidan O‘zbekistonda quvvati 1300-1500 MVt bo‘lgan bug‘-gaz turbinali hamda quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarni qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Ushbu loyihalar bo‘yicha shartnomani joriy yilning 5-martida imzolashga kelishib olindi.

Muhammad Abunayan kompaniyaning DXSh asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtiroki yuzasidan rejalarini ham bildirdi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik va yangi elektr stansiyalaridagi ish o‘rinlariniga ilg‘or xalqaro tajriba asosida mahalliy kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilishi ta’kidladi.

BAA O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurishga 600 mln $ investitsiya kiritadi

ACWA Power bu, investor, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi 56 ta korxonalar portfelining egasi va operatoridir. Kompaniya 12 mamlakatda, shu jumladan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Janubiy Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning investitsiya portfeli 47 milliard dollardan oshadi va umumiy 31 GVt elektr energiyasi va 5,3 million kubometrga ishlab chiqarish quvvatiga ega.