Salkam yarim kilo zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bojxonachilar 153 million so‘mlik 460,52 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarni musodara qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Bojxonachilar  153 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tish rejasini fosh etishdi.

Toshkent aeroportida “oltin” serviz olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.K. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish meyoridan ortiqcha bo‘lgan 460,52 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Buyumlarning umumiy qiymati 153 million so‘m ekani aytilgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.