Xitoy o‘zbekistonlik bolalar uchun koronavirus haqida komiks yaratdi

Komiksda suratlar va oddiy matn yordamida koronavirus nimasi bilan xavfliligi tushuntiriladi. Shuningdek, uni yuqtirmaslik uchun nimalar qilish lozimligi ko‘rsatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi bolalarga koronavirus nima ekani sodda qilib tushuntirilgan komiks e’lon qildi.

Ularda surat va oddiy matn yordamida koronavirus nimasi bilan xavfliligi tushuntiriladi. Shuningdek, uni yuqtirmaslik uchun nimalar qilish lozimligi ko‘rsatilgan.

Koronavirusga oid so‘nggi ma’lumotlar

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan kasallanganlar soni 37553 kishiga yetgan. Vafot etgan 813 nafar, sog‘ayib ketganlar 2649 nafar kishini tashkil etadi.

Virus 25 dan ziyod mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu vaziyatni favqulodda holat deb tan oldi.