AQSh koronavirus sabab Xitoyda viza berishni to‘xtatib qo‘yadi

Joriy yilning 10-fevralidan AQSh koronavirus tufayli Xitoyda viza berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Joriy yilning 10-fevralidan AQSh koronavirus tufayli Xitoyda viza berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yadi. Bu haqda AQShning Pekindagi elchixonasi rasmiy saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyat va juda cheklangan xodimlar sabab diplomatik idoralar viza xizmatlariga doir so‘rovlarga javob bera olmasligi mumkin. Shu bilan birga diplomatlar “favqulodda vaziyat” yuzaga kelgan taqdirda yordam berishga tayyorliklarini birdirishgan.

Xitoy o‘zbekistonlik bolalar uchun koronavirus haqida komiks yaratdi

Avvalroq Amerika hukumati o‘zining fuqarolari va Xitoyga 2-fevraldan boshlab so‘nggi 14 kun ichida tashrif buyurgan xorijliklar uchun cheklovlar joriy etgan edi.

Dekabr oxirida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik kasallik qo‘zg‘atuvchisi 2019-nCoV koronavirusi ekani aniqlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan kasallanganlar soni 37553 kishiga yetgan. Vafot etgan 813 nafar, sog‘ayib ketganlar 2649 nafar kishini tashkil etadi. Virus 25 dan ziyod mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu vaziyatni favqulodda holat deb tan oldi.