TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Fazoda G‘arbga xavf tahdid solinmoqda, sababi G‘arb sputniklari yaqinida Rossiya va Xitoy kosmik apparatlari manyovrlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Washington Examiner nashriga bergan intervyusida NATOning transformatsiya bo‘yicha strategik qo‘mondonligi rahbari general Andre Lanata bayonot bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy atlantika alyansi "kosmosda agressining ko‘plab usullari va turlarini" taxmin qilishi mumkin. "Albatta, bu bizning ittifoqdoshlar uchun tahdid", — dedi general.
Nashrning yozishicha, Rossiya yaqinda kichikroq, "amerika razvedkachi apparati ortidan kuzatadigan" bir sputnikni ishga tushirgan.
"Shu vaqtga qadar hamma kosmosni xavfsiz hudud, deb hisoblar edi. Endi bunday emas", - deb qayd etgan Lanata.
U shuningdek, mamlakatlar endi "tahdidlarga mustaqil reaksiya bildirishlariga to‘g‘ri kelishi", chunki NATOning kosmosda obyektlari bo‘lmasligi va alyans u yoki bu milliy kosmik obyektlar uchun aniq himoya choralarini ko‘rish bo‘yicha javobgar bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.