Si Szinpin va Tramp koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishdi

Xitoyda 2019-nCoV tipidagi yangi koronavirusdan kasallanganlar soni 31,1 mingdan oshdi, ulardan 636 nafari vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. XXR raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kechgan telefon muloqotida XXRning koronavirusga qarshi sayi-harakatlari natija berayotganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Xitoy Markaziy televideniyesi.

O‘zbekistonda koronavirus tufayli kuzatuvga olingan kishilar soni ma’lum bo‘ldi  

Tramp va Si Szinpin o‘rtasidagi muloqot 7-fevral kuni bo‘lib o‘tgan.

Xitoy yetakchisi kasallik avj olishni boshlagan ilk kundanoq mamlakat hukumati va xitoy xalqi koronavirus tufayli kelib chiqqan pnevmoniyaning tarqalishini oldini olish bo‘yicha barcha choralarni amalga oshirayotganini qayd etgan. Shuningdek, ushbu kasallikning tarqalishiga qarshi kurashda Xitoy barcha imkoniyatlarga egaligini ishonch bilan qayd etgan.

O‘z navbatida, Oq uy matbuot xizmati Tramp Xitoyning koronavirusga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishiga ishon bildirgani aks etgan bayonotni e’lon qildi. Ikki yetakchi tomonlar o‘rtasida ko‘pqirrali aloqalar va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabr kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey provinsiyasi Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida ogohlantirgandi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘otuvchisi - 2019-nCoV tipidagi yangi koronavirus ekanligini aniqlashgan. Xitoyda bu virusdan kasallanganlar soni 31,1 mingdan oshdi, ulardan 636 nafari vafot etdi.