Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirilishi mumkin

Kelajakda Rossiya fuqaroligini olishda o‘z fuqaroligidan kechish, 5-yil davomida doimiy yashash yoki daromad manbaini tasdiqlash kabi cheklovlar olib tashlanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Hukumat boshqa davlatlarning fuqarolariga Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda "Kommersant" gazetasi Davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhdagi manbalarga tayanib  xabar berdi.

Hukumat matbuot xizmati bu "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligi to‘g‘risida" gi qonunning bir moddasini bekor qilishni nazarda tutadi deb aniqlik kiritdilar. Bu chet el fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, boshqa davlat fuqaroligidan voz kechishni anglatadi.

"Kommersant" ga Vazirlar Mahkamasida ma’lum qilinganidek, hujjat ustida ish yakuniy bosqichda. Prezident ma’muriyati bilan kelishilganidan keyin bu oyning o‘zida Davlat Dumasiga taqdim etilishi mumkin.

"Hamma xohlovchilarga Rossiya fuqaroligini olish imkoniyatini yaratish uchun, biz bahorgi sessiyada bu masalaga batamom nuqta qo‘yishni istaymiz", - dedi OAVlarga Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Petr Tolstoy.

Dumaning MDH ishlari, Yevrosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Kalashnikovning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun chet el fuqarosining Rossiyada besh yil davomida doimiy yashash talablarini ham bekor qilishi mumkin.

Bundan tashqari, qonuniy daromad manbaini tasdiqlash zarurati olib tashlanishi mumkin.