O‘zbekiston Bojxona kodeksida nimalarni o‘zgartirish kerak – ekspert fikri

Qanchalik bojxona tarif stavkalari yaqin bo‘lsa, savdo integratsiyasini amalga oshirish shuncha oson bo‘ladi, deb hisoblaydi ekspert.
Sputnik

MDH davlatlari Instituti iqtisodiyot bo‘limi rahbari Aza Migranyan Sputnik’ga bergan intervyuda uning nazarida Bojxona kodeksidagi qanday noormalarni o‘zgartirish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

Mirziyoyev bojxona qo‘mitasi raisiga qator topshiriqlarni berdi

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan har qanday davlat, avvalambor, o‘zining bojxona qonunchiligini bir necha jihatlarda integratsiya qilishi zarur, xususan umumiy bozorda tovarlar erkin harakatlanishini shakllantiruvchi bojxona tariflari darajasining o‘zaro taqqoslash masalalarda”, - dedi Migranyan.

Ekspert fikriga ko‘ra, qanchalik bojxona tarif stavkalari yaqin bo‘lsa, savdo integratsiyasini amalga oshirish shuncha oson bo‘ladi.

“O‘zbekiston bojxona qonunchiligi ko‘rib chiqib, shuni ta’kidlash kerakki: u yerda ichki bozorni himoya qilish - proteksionizm darajasi yuqori darajada, notarif himoya choralarning ulushi yuqori – bu jihatlar katta darajada liberalizatsiya qilinishi mumkin. Garchi bu stavkalarni tenglashtirish zarurati mavjud bo‘lmasa-da, shuning uchun erkin savdo zonasidagi imtiyozlar bu cheklovlarni yengib o‘tish, sherik-davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun imtiyozli shartlarni olish imkonini beradi”, - Migranyan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi Bojxona kodeksini ishlab chiqish, bojxona organlari tashkiliy tuzilmasi va ma’murchiligini takomillashtirish vazifasini qo‘ydi.