Sharqiy qirg‘oq Amerika floti uchun xavfsiz boshpana bo‘lmay qoldi - AQSh vitse-admirali

AQSh vitse-admirali ta’kidlashicha, Rossiya suv osti kemalarining Atlantika okeanida faolligi sezilarli darajada oshgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Rossiya suv osti kemalari faolligi tufayli AQShning sharqiy qirg‘oqlari Amerika floti uchun "xavfsiz boshpana" bo‘lmay qoldi. Bu haqda AQSh dengiz floti vitse-admirali Endryu "Vudi" Lyuis ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti The Drive nashriga asosan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yanada takomillashgan va jim harakatlanuvchi Rossiya suv osti kemalari joylashtirilganligi sababli, AQSh dengiz floti endi Atlantikani o‘zining "inkor etib bo‘lmaydigan" hukmronlik zonasi deb hisoblamaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, dushman "yanada halokatli qurol tizimlari" bilan jihozlangan harbiy texnikadan foydalanishni boshlagan.

"Bizning kemalarimiz endi sharqiy sohilda xavfsiz joyda bo‘lishini yoki hech bo‘lmaganda Atlantika okeanini boshqa joyga amaliyotlarni uchun to‘sqinliksiz kesib o‘tishga harakat qilmasa ham bulaveradi", dedi Lyuis Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy-dengiz instituti va Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi voqelik shundaki, dengizchilar AQSh harbiy dengiz kuchlari Atlantika flotining asosiy harbiy-dengiz bazasi joylashgan Norfolkdan chiqib ketishi bilan ular xavfli zonada harakat qilishadi.

AQSh Vakillar palatasi spikeri Tramp nutqi matnini namoyishkorona yirtib tashladi

Vitse-admiralning ta’kidlashicha, Rossiya flotining suv osti kemalari Atlantika okeanida "istalgan vaqtda" patrullik qiladi. Uning e’tibor berishicha, so‘nggi yillarda suv osti kemalarining faolligi sezilarli darajada oshgan. Shu bilan birga, u AQShning qirg‘oqlari yaqinida rus harbiy texnikalarini joylashtirilganligi bo‘yicha aniq ma’lumot bermadi.

Lyuisning ta’kidlashicha, Moskvaning faollligi suv osti kemalari bilan cheklanib qolmagan. Uning eslatishicha, o‘tgan yilning dekabr oyida Pentagon "Viktor Leonov" razvedka kemasining AQSh qirg‘oqlarida harakatini faol ravishda kuzatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning mashg‘ulotlari harbiylar orasida "qandaydir shov-shuvga" sabab bo‘lgan. Maqolaning muallifi sohil qo‘riqchilarida ushbu hodisaning hech qanday dalili yo‘qligini ta’kidladi.

Vitse-admiralning so‘zlariga ko‘ra, bu borada AQSh harbiy-dengiz kuchlarining harbiy kemalari va suv osti kemalarini operatsiyalarga tayyorlash tobora qiyinlashib bormoqda.