TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Bugun tongda Pekindan Toshkentga uchinchi charter parvoz yetib keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston havo yo‘llari matbuot xizmati.
Pekindan yo‘lovchilar bilan uchinchi reys Toshkentga mahalliy vaqt bilan 4:40 da etib keldi. Samolyot bortida 251 yo‘lovchi, ekipaj a’zolari va zamonaviy himoya vositalari bo‘lgan tibbiyot vakillari bo‘lgan, - deyilgan aviakompaniya xabarida.
Koronavirus tarqalishi tufayli odamlarni Xitoydan ko‘chirish jarayoni yakunlandi. Har ikki tomondan biologik xavfsizlik choralariga rioya qilish virusologiya mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nazorat qilindi.
Pekindan Toshkentga uchinchi charter yetib keldi
© Uzbekistan Airways