Moskvada chet elliklar nimani maqtashadi va nimani yoqtirishmaydi

Rossiya poytaxti dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri, desak, adashmaymiz. Har yili bu yerga millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Xo‘sh, ular Moskva haqida qanday fikrda?
Sputnik

TOShKENT, 6-fev Sputnik, Svetlana Bayeva. Ingliz tilida gapirish kerakmi - muammosiz, mazali ovqatlarmi - osonlikcha, metroda - ajablanadigan narsa bor (eng muhimi tig‘iz paytlarda ehtiyot bo‘ling). World Travel Awards mukofotining g‘olibi bo‘lgan Moskvani chet ellik mehmonlar yaxshi ko‘rishadi, ammo ayrim noziklar mavjud. Italiyaliklarni nimani maftun etdi, taksida sirkgacha qanchaga borsa bo‘ladi va “bo‘yalgan shaqildoq”ni qayerdan topish mumkin – batafsil RIA Novosti materialida.

Tanlang: kimga - inglizcha, kimga - yunoncha

“Men bir necha marta moskvaliklardan ingliz tilida gaplashasizmi deb so‘rashganida, ular yo‘q javob berishganiga guvohi bo‘lganman. Lekin keyin ular juda yaxshi darajada muloqot qilishgan”, - deydi avstraliyalik Tanya Simpson. - Ammo "salom", "iltimos", "rahmat", "yo‘q" va "ha" so‘zlarini men xushmuomila ko‘rinishi uchun rus tilida gapirar edim”.

Germaniyalik Polning ta’kidlashicha, hamma joyda ingliz tilidagi belgilar mavjud, shuning uchun yo‘l topish oson. "Ammo London, Parij yoki Germaniyadagi rus sayohatchilari kirill yozuvini ko‘rishlari mumkinmi?" - deb savol beradi.

Ammo gid-tarjimon Yelena Breusning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida sayyohlar markazda bo‘lmagan tumanlarda navigatsiya yo‘qligidan shikoyat qiladilar.

Ba’zilar uchun esa Moskvada ingliz tilisiz deyarli qiyin emas. Yelena Savinaning aytishicha, masalan, maktabda yunon tilini o‘rgangan italiyaliklar tezda ko‘nikishadi va belgilarni o‘qiy boshlashadi.

Moskvada chet elliklar nimani maqtashadi va nimani yoqtirishmaydi

Harakatlanish: yer ostida

Mehmonlar uchun dasturning majburiy qismi - poytaxt metrosi: tarixiy stansiyalar, mozaik panellar, hashamatli qandillar. “Men o‘z hamrohlarimga Moskva metrosidagi tunnelning diametri Spasskaya minorasidagi soatning o‘lchamiga mos kelishini eslataman", - deydi gid-tarjimon Mariya Sorokina. "Bunday lahzalar har doim chet elliklar uchun qiziq, ular Moskva Kreml tuzilmalarining nisbatlarini tasavvur qilishiga imkon beradi".

Biroq, amerikalik Piter MakDonald Quora sayohat bilimlar almashinuvi tizimida yozganidek, metro va elektrichkalar - "tig‘iz paytdagi jahannam"dir. "Bir marta men 20 daqiqa davomida engashib ​​bir oyog‘imda turgan holatda ketdim", dedi amerikalik Moskvadagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib.

Tinchroq vaqtda chet elliklar yo‘lovchilar bir-birlariga joy berishayotganidan hayratda qolishadi. "Ular Moskvada keksa odamlar oldida o‘zlarining o‘rindiqlaridan sakrab turishlarini yaxshi ko‘rishadi. Masalan, Italiyada bu kamdan-kam uchraydi", - deyishadi gidlar.

Yer ustida ham

Rimlik Antonio Tomasiniga keng ko‘chalar, yaxshi tashkillashtirilgan transport harakatini yaxshi ko‘radi. To‘g‘ri, u shuningdek, "qochib qutulib bo‘lmaydigan" tirbandliklarni ham esladi.

Moskvada chet elliklar nimani maqtashadi va nimani yoqtirishmaydi

MakDonald ijaraga olingan kvartirasi yonida joylashgan chorraha to‘g‘risida gapirib berdi: "Los-Anjelesdagi har qanday yo‘l dizayneri bunday inshoot bilan faxrlanishi mumkin". Ammo oxir-oqibat, uning so‘zlariga ko‘ra, tirbandlik bir necha kilometr pastga siljigan.

"Men Moskvani Chikago bilan solishtirgan bo‘lardim, ammo samarali jamoat transporti tizimi va yomon haydovchilari bilan", - deb yozadi uning hamurti Greg Stivens.

Tayvandan kelgan sayyoh taksidan shikoyat qildi: u shahar markazidagi mehmonxonadan Vernadskiy prospektidagi sirkga sayohat uchun olti ming rubl to‘ladi. Bunga qadar, moskvaliklar mobil dastur orqali taksiga buyurtma berib, unga Tagankadan Teatr proyezdigacha 500 rublga yetib borishiga yordam berishgan.

Sayyohlik guruhlari uchun birinchi muammo bu avtobus sayohatchilarni tushirish joylarining yetishmasligi. "Ba’zan bir kilometr bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Masalan, Vasilyevskiy nishobligidan Kremlga kirishgacha. Keyin ekskursiyalarda piyoda ketma-ket bir necha soat yuriladi" - deydi Yelena Breus. "Buni ko‘pchilik sayyohlar, shu qatorda ko‘plab qariyalar qabul qila olmaydi. Ehtimol, faqat Xitoy fuqarolaridan tashqari. "

Gidlar ham, poytaxt mehmonlari ham tez-tez yo‘lni to‘sib qo‘yilishi butun dasturni buzishi mumkinligidan shikoyat qiladilar.

Xavfsizlik: hamma narsa tinch, lekin ehtiyot bo‘ling

Avstraliyalik Tanya Simpson ko‘chalarda va jamoat joylarida xavfsizlik hissi borligini ta’kidladi: "Yaxshi muhit. Hamma joyda politsiya va xavfsizlik xodimlari bor, shuning uchun siz o‘zingizni xavfsiz his qilasiz."

Ammo bu Gonkonglik sayyoh ayolga yordam bermadi - u telefon va sug‘urtasiz qoldi. "Uyali telefonini shahar markazida o‘g‘irlashdi. Mablag‘larni qaytarish maqsadida sug‘urtaga murojaat qilish uchun politsiya ma’lumotnomasi kerak", -  deydi Yelena Breus. "Biz eng yaqin politsiya bo‘limiga bordik. Ammo ular rad etishdi, chunki o‘g‘irlik ularning hududida sodir bo‘lmagan."

Ko‘plab sayyohlarning ta’kidlashicha, kunning istalgan vaqtida, ayniqsa markazda o‘zini xotirjam sezishadi va Moskva allaqachon hech qachon uxlamaydigan shaharga aylandi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda chet elliklar firibgarlikning keng tarqalgan usullari haqida ogohlantirmoqda. Masalan, yo‘lda yotgan hamon haqida. Agar siz uni ko‘tarishga harakat qilsangiz, pulingizni yo‘qotishingiz mumkin. U yerda darhol "egasi" paydo bo‘ladi va hamonda "yetishmovchilik" borligini da’vo qiladi.

Tanovvul qilib hordiq chiqarish: borsh, sushi va gastromarket

Odatda sayyohlar Moskvaning gastronomik imkoniyatlarini ijobiy baholaydilar. "Ovqat juda zo‘r, deyarli uy ovqati. AQShda fastfud va zararli qo‘shimchalar juda ko‘p, -  deydi amerikalik Rene. Rus taomlari sog‘lom, toza va juda mazzali bo‘lib chiqdi." Ba’zida sayyohlarni "hamma joyda" aralashgan mayonez o‘ylantirib qo‘yadi.

Chet elliklar gastromarketga aylangan Moskva bozorlarini yaxshi ko‘radilar.

Moskvada chet elliklar nimani maqtashadi va nimani yoqtirishmaydi

"Non juda ko‘p, har xil turdagi qovurilgan sabzavotlar, go‘sht (men yemayman, lekin nazarimga tushdi) va baliq, - deb aniqlashtiradi Tanya Simpson, hamma narsa juda mazali, va siz har hil narx toifasidagi taomni sotib olishingiz mumkin. Men sizning oshxonangiz yumshoqroq bo‘ladi deb o‘ylagan edim. Lekin juda boy ta’mga va ko‘plab ingrediyentlarga ega".

Qizning ta’kidlashicha, Moskvada italyan va yapon taomlarini topish juda oson: "Pissa haqiqatda juda yaxshi, sushi o‘rtacha, unchalik yomon emas, lekin juda ko‘p narsani kutmang".

Gid-tarjimon Vacheslav Telminov sayohatchilar o‘zlarining oshxonalarini sog‘inib, ularga "Italiyada tayyorlangani kabi xamirda tayyorlangan pissa yoki sousli makaron" yeyish mumkin bo‘lgan eng yaxshi restoranlarni ko‘rsatishni so‘raganlarini eslaydi.

Kremldan hayvonot bog‘i va VDNXgacha

"Xotinim bilan men Moskvaning italyancha ildizlar borligini bilib hayron qoldik! Ko‘p binolar bizning yurtdoshlarimiz ijodi: Kreml, Bolshoy teatri. Foravanti, Solari, Djilardi familiyalarini eshitib, faxrlanamiz", - deydi Antonio Tomasini.

Uning rafiqasi Illariya Kapponini esa Moskva ibodatxonalarining Vizantiya arxitekturasi hayratda qoldirdi: "U butunlay boshqacha. Bu hayratga soldi".

Moskvada chet elliklar nimani maqtashadi va nimani yoqtirishmaydi

Asosiy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilganda, turistlar muqarrar navbatlardan g‘azablanadilar. Masalan, Avstraliyadan kelgan bir mehmon shikoyat qildi, nima uchun bitta navbatda turish o‘rniga uchtasiga turishga to‘g‘ri kelyapti: Orujeynaya Palata muzeyiga, Olmos fondi va Kremlga. Tanya Simpson o‘z tajribasidan: "Kremlga chiptalarni Internet orqali va oldindan sotib oling. Men buni amalga oshirganimda, keyingi uch kunga ular allaqachon oldindan sotilib bo‘lgan".

To‘satdan Arbatdan ranjishadi. Gidlarga ko‘ra, chet elliklar uni "hech narsa" emas deb hisoblashadi: "bo‘yalgan shaqildoq" deb atashadi. Aniqrog‘i, ular uchun Nikolskaya ko‘chasi qiziqroq. AQShlik sayyoh Moskva hayvonot bog‘ini "dunyo miqyosidagi muassasa" deb atadi, shuningdek, u G‘alaba muzeyiga kirishni, Arbatni esa "o‘tkazib yuborish"ni maslahat berdi.

Gid-tarjimon Oksana Mushtanovaning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar odatda Moskvaga maxsus oshiqcha umidlarsiz tashrif buyurishadi. Ular to‘q, kulrang, changli tuslarni ko‘radi deb o‘ylashadi. Buning o‘rniga chiroqlar, sur’at, osmono‘par binolar va chiroyli odamlarni ko‘rishadi.